Kelgusi yili Toshkent shahrida 8 ta yangi madaniyat va istirohat bog‘i barpo etiladi. Bu haqda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev poytaxtlik saylovchilari bilan uchrashuvida ma’lum qildi.
Poytaxt aholisi tomonidan shaharda madaniyat va istirohat bog‘lari etarli emasligi haqida bildirilayotgan ko‘plab e’tirozlar inobatga olinib, bu boradagi ishlarni yaxshilash maqsadida maxsus dastur ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, 2017 yilda Toshkent shahrida 8 ta yangi madaniyat va istirohat bog‘i barpo etiladi. Ularni joylashtirish uchun Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Uchtepa, Sirg‘ali, Chilonzor, Shayxontohur va Yashnobod tumanlarida tegishli er maydonlari ajratib qo‘yildi, deydi nomzod o‘z nutqida.
Bundan tashqari, Bektemir tumanida, Chirchiq daryosi qirg‘og‘ida 70 gektar maydonda umumiy qiymati 80 million dollar bo‘lgan, dunyodagi eng mashhur «Disneylend» parklaridan qolishmaydigan Markaziy Osiyodagi eng katta zamonaviy attraksionlar bog‘i quriladi. Hozirgi paytda mazkur loyihani amalga oshirish yuzasidan Evropaning etakchi park operatorlari bilan muzokaralar olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?