8 358
Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitusiya va Qur’onga qo‘lini qo‘ygan holda qasamyod qildi
Bugun Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisi ochildi.
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qasamyod qilish marosimi boshlandi.
Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov ochdi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi zalda hozir bo‘lganlar va saylovchilar nomidan Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan samimiy tabriklab, unga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti guvohnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining shahodatnomasini topshirdi.
MSK raisi Shavkat Mirziyoyevni qasamyod qabul qilish uchun minbarga taklif qildi.
Prezident saylovda ishtirok etgan boshqa siyosiy partiyalarning etakchilari — Sarvar Otamuratov, Xatamjon Ketmonov, Narimon Umarovga minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 92-moddasiga muvofiq Prezident bir vaqtning o‘zida qo‘lini Konstitusiya va Qur’onga qo‘ygan holda qasamyod qildi:
“O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitusiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman”.
Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi hukumati a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Markaziy saylov komissiyasi rahbariyati, mamlakatimizdagi xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti