13:33 / 02.05.2024
199

Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi

Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Shifokor-endokrinolog Zuhra Pavlova o‘zining Telegram kanalida amerikalik olimlarning yangi tadqiqot natijalari bilan bo‘lishdi. Unga ko‘ra, omega-3 yog‘ kislotalari chekish kabi bir xil zararli bo‘lishi va umrni qisqartirishi mumkin, deb yozadi “Sports.kz” nashri.

Foto: Times Food
Yog‘ kislotalari tanamizdagi va iste’mol qilinadigan oziq-ovqat tarkibidagi yog‘larning qurilish materialidir. Ular hujayralarni qurishdan saqlaydi va yurak-qon tomir tizim faoliyatini rag‘batlantirish vazifasini bajaradi. Omega-3 moddasi inson uchun hayotiy muhim yog‘ kislotasi bo‘lib, uning tanqisligi umumiy salomatlik, immunitet va hayot sifatiga salbiy ta’sir qiladi.

Amerika oziq-ovqat jamiyati jurnali yurak faoliyatini o‘rganish bo‘yicha yangi natijalarni e’lon qildi. Framingham Heart Study nomli tadqiqot yurak va o‘lim omillarini o‘rganish bo‘yicha eng uzoq davom etgan ilmiy izlanish jamiyatidir. U 1948 yilda AQSHning Framingem shahrida boshlangan. Uning 5 mingdan ortiq shahar aholisi ilmiy tajribalarning birinchi ishtirokchilari bo‘lgan va ular tufayli biz xolesterin, qon bosimi, jismoniy faollik, chekish va semirishning yurak-qon tomir kasalliklariga ta’siri va erta o‘lim xavfi haqida tibbiy ma’lumotlarga egamiz.

Foto: Shutterstock
Tadqiqot natijalarida qayd etilishicha, tanada omega-3 ning past darajasi barvaqt o‘lim xavfini oshiradi va chekish bilan bir xil statistikani ko‘rsatadi. 2018 yilda bo‘lib o‘tgan eksperimentda 66 yoshdan 73 yoshgacha bo‘lgan 2500 kishi ishtirok etdi. Unda olimlar omega-3 miqdori, yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishi va o‘lim darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi. Omega-3 yog‘ kislotasi yetarli bo‘lgan insonlarda erta o‘lim xavfi 33 foizga kam chiqdi.

Doimiy chekish inson hayotini 4 yilga qisqartiradi, bu esa omega-3 tanqisligi indeksi bilan bir xil ko‘rsatkichdir.

"Yaponiyada omega-3 indeksi sakkiz foizdan ortiq bo‘lib, u yerda o‘rtacha umr ko‘rish Qo‘shma Shtatlar (omega-3 indeksi 5 foizdan kam)ga qaraganda besh yilga ko‘proq. Endilikda olimlar omega-3 qo‘shimcha kapsulalarini qabul qilish qanchalik foydali ekanligini o‘rganmoqda", — deb yozadi endokrinolog Pavlova.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi