335
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Yaponiya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Go Oiva va futbolchi Joel Fujita matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
- Janob murabbiy, jamoangizning musobaqadagi umumiy ishtiroki va ertangi final bahsi haqida fikr bildirsangiz...
- Biz bu yerga qadar yetib kelganimiz katta natija. Bizning maqsadimiz keyingi uchrashuvda ham g‘alaba qozonish.
- Joel Fujita, o‘yin haqida nimalar deya olasiz?
- Ertaga final va finalda g‘alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz.
- O‘zbekiston terma jamoasi bilan o‘tgan Osiyo Kubogida ham to‘qnash kelgan edingiz. O‘sha uchrashuvdan qanday xulosalar chiqardingiz?
- Albatta, o‘sha uchrashuvni eslayman. Ammo jamoalar ushbu vaqt ichida ancha o‘zgarishdi deb o‘ylayman va ikki yil muqaddam o‘tkazilgan o‘yinni eslash biroz noto‘g‘ri.
- Joel Fujita, ikki yil avvalgi o‘yindan nimalarni eslaysiz? Hozirgi O‘zbekiston terma jamoasi qanchalik o‘zgaribdi?
- O‘zbekiston terma jamoasi juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edi. Ular jismoniy va texnik tomonlama kuchli jamoa. O‘sha uchrashuvda biz yaxshi o‘ynay olmagan edik. Ushbu musobaqadagi raqibimiz hali gol o‘tkazib yuborgani yo‘q. Finalda oson bo‘lmasligi aniq.
- Ushbu kubokni yutish siz uchun nimani anglatadi? Agar musobaqada g‘alaba qozonsangiz, Olimpiya o‘yinlaridagi natijaga ta’sir qiladimi?
- Ushbu musobaqani Olimpiada bilan bog‘lash noto‘g‘ri deb o‘ylayman. Sababi Olimpiadagacha hali bor. Biz ertangi kunni o‘ylashimiz kerak.
- Joel Fujita, jamoa sardori sifatida ertangi uchrashuv oldidan futbolchilar bilan suhbatlashdingizmi?
- To‘g‘risini aytsam, jamoa sardori sifatida jamoadoshlarimga bir nima deyishim noto‘g‘ri. Ular barcha ma’suliyatni tushunib turishibdi. Men faqat o‘zimning o‘yinimni yaxshilash haqida o‘ylashim kerak.
- O‘zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqada gol o‘tkazmayotgani haqida ko‘p gapirildi. Siz esa ushbu musobaqa davomida jamoangiz yetarlicha gol urmayotgani haqida xavotirda ekanligingizni ko‘p marotaba aytib o‘tdingiz. Ertaga gol o‘tkazmayotgan jamoaning darvozasiga qanday yo‘l topmoqchisizlar?
- Xavfli vaziyatlar yarata olishimiz aniq, ammo ularni golga aylantirishda muammolar bor. Biz o‘yindan o‘yinga kuchayib bormoqdamiz va umid qilamanki, ertaga eng yaxshi sport holatimizda bo‘lamiz.
- Joel Fujita, final uchrashuvidan oldin qandaydir hayajon va bosimni his etyapsizlarmi?
- Ha, ammo barchasi bosh hakamning hushtagi chalinganidan so‘ng o‘tib ketadi. Muhimi, e’tiborni bir joyga jamlash.
- Tokio va Parij Olimpiadalari saralashida ishtirok etgan terma jamoalar bir-biridan qanchalik farq qiladi?
- Ha, siz aytib o‘tganingizdek, ikki saralash davri har xil o‘tgan. Osiyoda futbol rivojlanmoqda va hozirgi kunda barcha jamoalar kuchli. Biz Yaponiya sifatida darajani ushlab turishimiz kerak deb o‘ylayman. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Xitoy va AQSH «uchga uch» formulasi bo‘yicha mahbuslar almashdi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Netanyaxu Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi
Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi