8 193
Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistonni 2021 yilgacha rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilmoqda
O‘zbekiston hukumati mamlakatning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasini ishlab chiqmoqda va mazkur loyiha muhokamaga taqdim etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida ma’lum qilgan.
«Biz O‘zbekistonning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishga kirishdik va mazkur loyiha umumxalq muhokamasiga taqdim etiladi», — deya prezident so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, dasturdan 5 asosiy yo‘nalish: davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimini modernizasiya qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohadagi islohotlar va tashqi siyosat tamoyillari o‘rin oladi.
«Biz Vazirlar Mahkamasining ijro tizimiga jiddiy o‘zgarishlar kiritish orqali uni maqbullashtiramiz, jamiyat manfaatlariga javob beradigan tizimga aylantiramiz», — deya ta’kidlagan Prezident. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi