O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 7 fevral kuni sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar va sohaning rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda Kun nashri.
Davlatimiz rahbari sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolarni chuqur tahlil qilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, rahbarlar mas’uliyati va shaxsiy javobgarligi xususida atroflicha to‘xtaldi.
“Barcha tug‘uruqxonalar bosh shifokorlarini chaqirib gaplashasizlar. Eng katta poraxo‘rlik tug‘uruqxonalarda. Buni yig‘ishtirish kerak. Men ogohlantirmoqdaman: bir oydan keyin juda katta tizim ishlaydi, aynan tug‘uruqxonalar va barcha tibbiy muassasalar bo‘yicha. Men bugun sizlarni ogohlantirmoqdaman. Hech kim hech kimni himoya qilmaydi Adham Ilhomovich. Biz shunday texnologiyani amalga tatbiq etmoqdamizki, hammasini eshitamiz, hammasini ko‘ramiz. Tug‘uruqxonalarda esa hammasi eskicha davom etmoqda. Kerak bo‘lsa tug‘uruqxonalar sonini oshirish lozim. Bu poraxo‘rlikni tugatish shart. Tug‘uruqxonalarda bu muhitni yo‘q qilmasak, ular poraxo‘rlikni hayot normasi deb qabul qila boshlashdi. Albatta, tug‘dirganga pul berish kerak... Qaerda bu yozilgan? Hech qayerda yozilmagan. Hamma norozi”, dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi