Milliy teleradiokompaniya tarkibida tashkil etilgan yangi «O‘zbekiston 24» axborot-tahliliy teleradiokanali yaqin kunlar ichida faoliyat boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga yo‘llagan tabrigida keltirib o‘tilgan.
«Hozirgi kunda respublikamizda 1500 dan ziyod ommaviy axborot vositasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Birgina O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi telekanallarning bir sutka davomidagi umumiy efir vaqti 616 soatni tashkil etmoqda. Holbuki, mustaqillikdan oldin bu raqam bor-yo‘g‘i 48 soatga teng edi, xolos.
E’tiborga molik jihati shundaki, ommaviy axborot vositalarining tarkibi ham tubdan o‘zgarib bormoqda. Buni yurtimizdagi barcha telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari ekani ham tasdiqlaydi. Yaqin kunlarda ish boshlaydigan, kechayu kunduz uzluksiz faoliyat olib boradigan O`zbekiston – 24 telekanali milliy axborot makonida o‘z munosib o‘rnini va o‘z tomoshabinlarini topadi, deb ishonamiz», deyilgan tabrik matnida.
Milliy teleradiokompaniya tarkibida «O‘zbekiston 24» axborot-tahliliy teleradiokanalini tashkil etish to‘g‘risidagi prezident qarori may oyi avvalida imzolangandi.
Telekanal mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va sport sohalarida yuz berayotgan hodisalarni tezkorlik bilan yoritib boradi. Shuningdek, telekanal xorijda ham muxbirlik punktlariga ega bo‘ladi.
Prezident qarori bilan «Diyor» telekanali va «Toshkent» radiokanali tugatilib, ularning chastotalari hamda shtat birliklari yangi kanal ixtiyoriga o‘tgan.
«O‘zbekiston 24» SD va HD formatlarida raqamli efir ijtimoiy paketiga kiritiladi. Uning HD formatidagi translyasiyasi mamlakatda ushbu formatga to‘liq o‘tilgunga qadar parallel ravishda UzHD kanalida ham amalga oshiriladi.
Bundan oldinroq «Axborot», «Davr» va «Poytaxt» informasion dasturlari yopilishi, barcha yangiliklar «O‘zbekiston 24» telekanalida bo‘lishi ma’lum qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi”
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”