23:47 / 10.05.2024
142

Kuala-Lumpur shahrida terma jamoalar murabbiylari uchun konferensiya o‘tkazildi

Kuala-Lumpur shahrida terma jamoalar murabbiylari uchun konferensiya o‘tkazildi
Ushbu konferensiya "Osiyo kubogi-2023 – terma jamoa murabbiylari nigohida" nomi bilan o‘tkazildi.

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida OFK tomonidan Osiyo terma jamoalari murabbiylari uchun maxsus konferensiya o‘tkazildi. Uch kunlik tadbirda terma jamoa bosh murabbiylari va texnik direktorlar Qatar mezbonlik qilgan Osiyo kubogini analiz qilishdi.

Konferensiyadan olingan suratlarda O‘zbekiston nomidan ushbu tadbirda O‘FAning terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i Usmon Toshev, O‘FA texnik direktori Gi Kiala va terma jamoamiz murabbiyi Alesh Chehni ko‘rish mumkin. O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes esa bu konferensiya suratlarida ko‘rinish bermagan.

Ishtirokchilar orasida Avstraliya termasi bosh murabbiyi Grem Arnold, Tailand termasi ustozi Masatada Ishi, Hindiston termasidan Igor Stimach va boshqa taniqli mutaxassislar ishtirok etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kuala-Lumpur shahrida terma jamoalar murabbiylari uchun konferensiya o‘tkazildi