Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekistonga 2024 yil oxirigacha mehnat migratsiyasidan 250-300 ming kishi qaytishi kutilmoqda. Bu haqda 10 may kuni prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari bandlik va aholi daromadi masalasi birinchi darajali ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ta’kidlab, bu borada oqsoqlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida barcha darajadagi rahbarlarni ogohlantirdi.
2024 yilning yanvar mart oylarida mehnat migratsiyasidan 58 ming nafar, aprelda 57 ming nafar fuqaro qaytib kelgan. Yil oxirigacha yana 250-300 ming kishi qaytishi prognoz qilinmoqda.
Prezident ularni ishga joylashtirish, ijtimoiy masalalariga ko‘maklashish muhimligini ta’kidladi.
Mutasaddilarga migratsiya bo‘yicha yagona axborot platformasini yaratib, “mahalla yettiligi” tizimi bilan integratsiya qilish, xorijda mehnat qilayotgan va qiyin vaziyatga tushib qolganlarga ko‘maklashish, qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi