Avstriya polisiyasi Adolf Gitler qiyofasida uning ona shahri bo‘lgan Braunau-am-Inn bo‘ylab sayr qilib yurgan erkakni qidirmoqda. Bu haqda "Oberösterreichische Nachrichten" nashriga tayanib Kun xabar bermoqda.
Gitler zamonidagi kostyum kiygan, diktatorga xos mo‘ylab va soch turmagiga ega yosh erkakni bir necha bor ko‘rishgan. Guvohlarning aytishicha, "soxta" Gitler 25-30 yoshlar atrofida. Shuningdek, u Gitler tug‘ilgan uy fonida suratga tushgan va kitob do‘konida Ikkinchi jahon urushi haqidagi jurnallarni varaqlagan.
Gitler qiyofadoshi tashrif buyuradigan barda u "Xarald Gitler" nomi bilan ma’lum.
Avstriya huquq-tartibot muassasalari bu vaziyatning barcha tafsilotlarini aniqlashtirmoqdalar va erkak jazolanishi mumkinligini aytishmoqda.
"Adolf Gitler shaxsini boshqalar ko‘z o‘ngida ulug‘lash – jinoyatdir", deb izoh berilgan bu holatga hududiy prokuraturada. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi