Xakerlar Fransiya prezidenti Fransua Ollandning Facebook’dagi sahifasini buzib kirdi va unga davlat rahbarining «iste’fosi munosabati bilan uyushtiriladigan kecha»ga taklifnomani joylashtirdi. Bu haqda 30 mart, payshanba kuni Europe1 radiostansiyasiga tayanib Daryo xabar berdi.
Joylashtirilgan e’longa ko‘ra, tadbir 7 may kuni 20:00 da Elisey saroyida bo‘lib o‘tishi lozim.
BFMTV’ning ta’kidlashicha, post prezidentning sahifasida bir soatga yaqin turgan, shundan keyin o‘chirib tashlangan. Xakerlik hujumi ortida «Fransua Ollandning iste’fosi uchun» harakati aktivistlari turganligi taxmin qilinmoqda.
Fransiyada prezidentlik saylovlari 23 aprel va 7 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Fransua Ollandning vakolatlari muddati 15 may kuni tugaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi