39 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Rahmat Oqilov Stokholmdagi teraktni aynan u sodir etganini tan oldi. Bu haqda Oqilovning advokati Yuxan Eriksson ma’lum qildi, deya BBC Newsga asoslanib "Sof.uz" xabar bermoqda.
«Uning pozisiyasi shunday: u terrorchilik aktini amalga oshirishda o‘z aybini tan oldi va qamoq jazosiga mahrum etilishiga tayyor», - deya ma’lum qildi uning himoyachisi. Oqilov o‘zining hibsda qolishini so‘ragan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 39 yoshli Rahmat Oqilov 7 aprel kuni Stokgolm markazida piyodalar ustiga bosib borgan yuk mashinasini boshqargan. Hodisa oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan, 15 kishi jabrlangan. Shvesiya hukumati yuz bergan voqeani terakt deb baholadi.
Polisiyaning ma’lum qilishicha, Oqilov 2014 yili Shvesiyada doimiy yashash uchun so‘rov bergagn, biroq 2016 yilda uning so‘roviga rad javobi berilgan va u deportasiya qilinishi lozim edi. 2017 yil fevralida u mamlakatdan chiqarib yuborish uchun qidiruvga berilgan.
Stokholmdagi terakt bo‘yicha yana bir gumonlanuvchi hibsga olingan bo‘lib, hozircha uning ismi oshkor etilmayapti. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi