Internetda AQShning raketalarga qarshi mudofaa agentligi o‘tkazgan raketani nishonga olish videosi paydo bo‘ldi. Raketalarga qarshi mudofaa tizimining raketasi Tinch okeanidagi Marshall orollaridan uchirilgan raketani nishonga olgan, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Raketa sinovi 30 may kuni o‘tkazilgan.
AQShning raketalar hujumiga qarshi mudofaa tizimi turli tipdagi raketalarning bir necha eshelonidan tashkil topgan. Unda eng olis to‘siq parvoz traektoriyasining faol hududidagi quruqlikdagi raketaga qarshi mudofaa tizimi hisoblanadi. Unga bugungi kunda 40 taga yaqin GBI (Ground-Based Interceptor) raketasi kiradi. Hammasi bo‘lib 225 ta bunday raketa joylashtirish mo‘ljallangan, 2017 yilda tizimga sarflanadigan xarajatlar 40 mlrd dollargacha etadi.
Sinovlar Shimoliy Koreyaning ballistik raketalar sinoviga javoban amalga oshirilgan. Ta’kidlanishicha, sinovlar muvaffaqiyatli o‘tgan.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi