17:20 / 27.11.2017
15 569

Xitoylik 19 yoshli qiz kollej yotoqxonasida bola dunyoga keltirib, uni derazadan pastga tashlab yubordi

Xitoylik 19 yoshli qiz kollej yotoqxonasida bola dunyoga keltirib, uni derazadan pastga tashlab yubordi
Xitoyning Shenchjen injenerlik kolleji talabasi yangi tug’ilgan chaqalog’ini deraza oynasidan pastga uloqtirdi. Bola jasadi o’ralgan choyshabni yotoqxona qorovuli topib olgan, deb yozadi “Life.ru”.

Qorovul darhol politsiyaga qo’ng’iroq qilib, bolaga yordam kerak ekanligini aytgan. Talabaning o’qituvchilari esa qiz biror marta darslarni qoldirmagani, tibbiy xizmatga murojaat qilmaganini aytishgan. Uning homilador ekanligini birov bilmagan ham – tabiatan semizroq bo’lgan qiz o’z holatini osonlikcha yashirgan.

Ayni paytda talaba qiz shifoxonaga yotqizilgan. Politsiya esa bola aslida o’lik tug’ilgani yoki derazadan pastga tashlanganda jon bergani haqidagi savolga javob topish uchun tekshirish ishlarini olib bormoqda. Agar bola derazadan tushib, vafot etgani tasdiqlansa, qiz qotillik jinoyati uchun qonun oldida javobgarlikka tortiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik 19 yoshli qiz kollej yotoqxonasida bola dunyoga keltirib, uni derazadan pastga tashlab yubordi