10:01 / 20.12.2017
4 950

Berlinda qurollanib olgan 78 yoshli erkak metro yo’lovchilaridan o’ziga joy berishni talab qildi

Berlinda qurollanib olgan 78 yoshli erkak metro yo’lovchilaridan o’ziga joy berishni talab qildi
Berlinda 78 yoshli keksa erkak metro vagoni ichida yo’lovchilariga pistolet o’qtalib, o’ziga joy bo’shatishlarini talab qildi. Ushbu hodisa haqida “M24.ru” internet nashri xabar bermoqda.

Erkak vagon ichidagi 25 yoshli qizning yoniga borib, o’zini politsiya xodimi deb tanishtirgan va unga harid sumkasi ichidagi pistoletini o’qtagancha joy bo’shatib berishni talab qilgan. Birozdan keyin esa boshqa vagonga o’tib ketgan.

Politsiya ushbu fuqaroni darhol mahkamaga yetkazib keldi. Fuqaroning shaxsi aniqlangach, ozodlikka chiqarib yuborilgan. Ayni paytda hodisa yuzasidan tekshirish ishlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Berlinda qurollanib olgan 78 yoshli erkak metro yo’lovchilaridan o’ziga joy berishni talab qildi