Avvalroq, Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yonib ketgan avtobusda tirik qolganlar haqida xabar bergan edik.
Mazkur avtobusning nima sababdan yonib ketganligiga oid turli taxminlar ilgari surilmoqda. Tirik qolgan haydovchi ham dastlabki ko‘rsatmalarni bergan. Uning ko‘rsatmalariga ko‘ra, avtobus tok o‘tkazuvchi simlar tizimida qisqa tutashuv ro‘y bergani sababli yonib ketgan bo‘lishi mumkin.
Aqto‘be viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimi haydovchining gapidan iqtibos qilib keltirgan, “Men tutunning hidini sezdim va avtobusni to‘xtatdim. Avtobus to‘xtaganidan keyin eshikni ochdim va besh daqiqada avtobus yonib tugadi. Undan hech narsa qolmadi”.
Boshqa taxminlardan biri haydovchi sovuqqonligi bilan izohlanmoqda. Bu taxminga ko‘ra haydovchi yozda foydalanilishi mumkin bo‘lgan kerosindan foydalangan. Yozgi kerosin havo harorati pastligi tufayli muzlab qolgandan keyin, haydovchi olov lampa (payalnaya lampa)dan foydalanib avtobusning bakini qizdirgan va oqibatda yong‘in kelib chiqqan bo‘lishi mumkin, deyilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi