Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isaqov militsiyani politsiyaga o‘zgartirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish borasida farmoyish berdi. Bu haqda u “Jinoyatchilikdan ogohlantirish va xavfsizlik siyosati” deb nomlangan konferensiya majlisida ta’kidlab o‘tdi, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.
Isaqovning fikricha, gap bu yerda ichki ishlar organlarini mexanik ravishda o‘zgarishi haqida bormayapti. Uning aytishicha, militsiya bu harbiylashtirilgan tuzilma bo‘lib jamoatchilikka ta’siri juda ham kam, politsiyaning vazifasiga esa fuqorolar bilan mustahkam aloqada bo‘lish kiradi.
“Militsiya” nomi SSSRda ichki ishlar idoralariga nisbatan qo‘llanilardi. Ittifoq tarqalib ketganidan so‘ng sobiq sovet respublikalari tuzilma nomini “politsiya”ga o‘zgartirishdi. Qozog‘istonda qayta nomlash 1998 amalga oshgan bo‘lsa, Rossiyada 2011 yilda militsiya politsiyaga aylandi.
2017 yilning 9 noyabr kuni Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isaqov Patrul militsiyasi Bosh boshqarmasini tarqatib yubordi va uning o‘rnida Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash Bosh boshqarmasini tuzdi. Yangi muassasada yana yo‘l-post xizmati polki paydo bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda