Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSH prezidenti Donald Trampga uchrashuv o‘tkazish taklifini yo‘lladi.
Avvalroq CNN telekanali xorijiy diplomatik manbalarga iqtibos keltirgan holda Shimoliy Koreya bilan muzokaralar o‘tkazgandan keyin Vashingtonga kelgan Janubiy Koreya delegatsiyasi Trampga Kim Chen In maktubini topshirganini ma’lum qilgandi.
Tramp Kim Chen Inning may oyigacha uchrashish taklifiga rozilik bergan. Bu haqda Janubiy Koreya prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Chon Iy Yon Tramp bilan muzokaralardan keyin ma’lum qildi.
Oq uy vakili Sara Sanders ham Trampning Kim Chen In bilan uchrashishga tayyorligini tasdiqlagan. “Tramp Kim Chen In bilan belgilangan joy va vaqtda uchrashish taklifini qabul qiladi. Biz Shimoliy Koreyaning yadroviy qurolsizlantirilishini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz. Shu bilan birga barcha sanksiyalar va maksimal bosim saqlanib qolinishi kerak”, deb aytgan Sanders. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi