AQSH prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar dunyodagi eng qudratli yadroviy qurollarga ega ekanligini ta’kidlab, ulardan hech qachon foydalanishga to‘g‘ri kelmasligiga umid bildirdi.
“Biz mudofaaga 654,6 milliard dollar sarflamoqdamiz. Endi uzoq vaqt gapirib kelinganidek, hech kim harbiylarimiz esdan chiqishi haqida so‘z ocha olmaydi. Biz yadroviy tizimlarni yangilashga, ayrim hollarda butkul yangilarini, deylik, atom suvosti kemalarini yaratishga ko‘p pul sarflamoqdamiz. Binobarin, biz doim ideal formada bo‘lgan jahondagi eng qudratli yadroviy kuchlarga ega bo‘lamiz va umid qilamizki, ulardan hech qachon foydalanmaymiz”, — degan Tramp.
Tramp juma kuni AQSHning 2018 yilgi byudjetini imzolagan.
1,3 trillion dollar hajmdagi byudjetda mudofaa masalalariga xarajatlar 80 milliard dollarga o‘sishini nazarda tutadi — bu so‘nggi 15 yil ichida harbiy xarajatlarning ilk bor bu qadar keskin o‘sishidan darak bermoqda. Mudofaa xarajatlariga jami bo‘lib 700 milliard dollar sarflanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi