22:27 / 01.04.2018
7 776

Jangari kallakesarlarning bir oylik xotinlari...

Jangari kallakesarlarning bir oylik xotinlari...
Ko‘pchilikka ma’lum, dunyoda faoliyati taqiqlangan «IShID» terror guruhi jangari kallakesarlariga xotin bo‘lishni xohlagan ayollar, qizlar yaqin-yaqingacha ham dunyoning istalgan burchagida topilardi. Angliyada faoliyat yurituvchi «CNN» telekanali muxbiri yaqinda Suriyadagi jangarilarning sobiq xotinlari bilan suhbatlashdi.

— Afsus, — deya bosh eggancha yig‘lardi germaniyalik ayol. — Men shaxsan hayotda qattiq adashdim. Yashirmayman, aslida bu yerlarga o‘sha jangarilarga xotin bo‘lish, porloq kelajakka erishish niyatida kelgandim. Vatanimdagi jannatdan, yaxshiliklardan, dunyoda eng yaxsh va beozor yaqinlarimdan voz kechib shu yerga keldim. Oqibati… Ko‘rib turganingizdek, ayanchli tugadi. Yuzim qaro bo‘ldi. Qamaldim. Pushaymonman…

Bunday ayollar Suriya turmalarida ko‘pchilikni tashkil etadi. Ularning orzulari sarobga aylanib bo‘lgan. Negaki, jangarilar turli hududlardan kelib terror guruhiga qo‘shilgan ayollarni nari borsa, bir oy xotin qilgan. Undan keyin esa ajrashib, o‘ziga boshqasini qidirib topgan. Ilgarigisini haydab solgan. Ammo shu bir oy ichida bu ayol jangariga nafaqat xotinlik qilgan, balki kallakesarlikda, begunohlarning yostig‘ini quritishda, bombalar tayyorlashda yaqindan yordam bergan. Aksariyati ular bilan birga qotillik, bosqinchilik jinoyatlarini sodir etgan. Achinarlisi, bu iflos ishlarni chin ko‘ngildan ado etgan. Haydalib, ikki o‘t orasida qolgach esa… Germaniyalik ayol kabi yo qamalgan, yo it azobini ko‘rib yurtiga qaytgan. Yurtida ham baribir uni hech kim quchoq ochib qarshi olmaydi albatta. Xullas, o‘zi uchun bir umrlik xor va zor hayotni yaratishgan.

— Ayollar, jangarilarning muqaddas Qur’onni qo‘lida tutib qasam ichishlariga, o‘zini taqvodor qilib ko‘rsatishlariga ishonmang, — deydi Suriyadagi turmada jazo muddatini o‘tayotgan yana bir ayol. — Ular qasamxo‘r ekan. Ular narkotik qabul qilarkan. Shundan keyin itni ham tanimay qolarkan. Vahshiy hayvondan farqi qolmas ekan…

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Yaratganga shukr, ayollar, yo‘ldan adashgan yigitlar endi-endi o‘z mudhish xatolarini anglab yetmoqdalar. Jangari kallakesarning asl basharasi qanday ekanini ko‘rgandan keyin xudoga yolvorib tavba qilmoqdalar. «Hechdan ko‘ra kech», deyishgan-ku! Iloyim adashganlarning to‘g‘ri yo‘lga qaytgani rost bo‘lsin! Ularga bundan buyon Ollohning o‘zi insof, tavfiq bersin!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jangari kallakesarlarning bir oylik xotinlari...