Dunyoning "eng boy tilanchi"si o‘lik holda topildi

  • Dunyo
  • 18-05-2018, 13:26
  • 3 199
  • Дунёнинг "энг бой тиланчи"си ўлик ҳолда топилди
    Livan poytaxti Bayrut shahrida ko‘p yillardan beri tilanchiligi bilan tanilgan va kecha o‘lik holda topilgan ayolning bankdagi hisob raqamida 5,5 million dollari bor ekan. Bu haqda «Sabah»ga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.

    Taxminan 15 yildan beri Bayrut shahrining al-Basta al-Fuqa mavzesida eski avtomobil ichida yashab kelayotgan 54 yoshli nogiron Fotima Muhammad Usmon kecha «uyi»da o‘lik holda topildi.

    Politsiya xodimlarining surishtiruvi natijasida uning «uyi»da 5,7 million lira (4 ming AQSh dollari), shu bilan birga, bankdagi hisob raqamida 5,5 million dollari borligi ma’lum bo‘ldi.

    «Dunyodagi eng boy tilanchi» nomini olgan Fotima 1982 yildan beri bitta joyda yashagan. Unga har doim yordam qo‘lini cho‘zgan mahalladoshi Nabil Astaning ham bunchalik puli yo‘q ekan.

    » » Dunyoning "eng boy tilanchi"si o‘lik holda topildi
    Яндекс.Метрика