22:07 / 02.05.2024
527

Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi

Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Zamonaviy Yevropa o‘z mavjudligi davomida uch tomonlama tahdidga duch kelmoqda, bu esa unga qarshi turish uchun yangi rivojlanish yo‘nalishini talab qiladi. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Britaniyaning The Economist nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Yevropamizga xavf solayotgan uch tomonlama ekzistensial tahdid quyidagilardan iborat: harbiy va xavfsizlik bo‘yicha xavf-xatarlar, farovonligimizga iqtisodiy tahdid va ichki kelishmovchilik va demokratik tizimlarimizning faoliyatiga putur yetkazuvchi ekzistensial xavf», dedi Fransiya rahbari.

U shuningdek, pandemiya tufayli yevropaliklar bu xavflarni yetarlicha baholamaganini ta’kidladi. Garchi Yevropa ularga javob bera boshlagan bo‘lsada, buni juda sekin va juda zaiflik bilan amalga oshirdi, deya qo‘shimcha qildi siyosatchi.

Makronning ta’kidlashicha, uchta tahdid «Yevropada yangi geosiyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy paradigma» yaratishni talab qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi