07:05 / 02.05.2024
271

Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"

Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Bugungi kunda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasida faoliyat olib borayotgan Jasur Abduraimov O‘zbekiston OTJ Parij Olimpiadasiga yo‘llanma olishiga munosabatini bildirdi.

"Olimpiya terma jamoamiz bu musobaqaga uzoq vaqt tayyorlangandi. Yigitlarni, murabbiylarni faqat olqishlayman. Eng muhimi aynan o‘zimizning murabbiy olimpiadaga olib chiqdi. Timur o‘zi yaxshi futbolchi bo‘lgan, murabbiylikda ham omadi kelyapti. Kapadze eng muhimi natija qila oldi. Qolgani ikkinchi darajali. Natija fonida hammasi ortga chekinadi. Hech narsa shunchaki bo‘lib qolmaydi. Ko‘rinib turibdi, yigitlar g‘alabaga chanqoq.

Murabbiylar musobaqada rotatsiyalar qilishdi. Buning natijasida zaxirada ham o‘yinni kuchaytiradigan yigitlar borligi yaqqol namoyon bo‘ldi. 3-4 yil ichida futbolchilar bir-birini yaxshi tushunib olgandi. Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi.

O‘ylaymanki, iqtidorlarga, mahalliy murabbiylarga yanada ko‘proq imkoniyat beriladi. Bizning futbolimiz oldinga siljimoqda. Bu o‘z mevasini berishni boshladi", - deydi Jasur Abduraimov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"