23:35 / 02.03.2018
10 293

Qandli diabet davosi

Qandli diabet davosi
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi Qo‘tirbuloq suvining inson tanasida qand miqdorini me’yorida saqlab turishini eshitganmisiz? Buloq har yili bahorda ko‘z ochib, kuzda qurib qolishidan ham xabaringiz bo‘lmasa kerak. Yoki bu yerda ulug‘ ajdodimiz So‘fi Olloyor xoki mangu qo‘nim topganini bilasizmi?

Ha, Surxondaryo viloyati o‘zining turfa siru sinoatlari, tabiatining betakror mo‘jizalari bilan barchani maftun etib kelgan. Tog‘ bag‘ridagi Katta Vaxshivor va Bodihavo qishloqlari o‘rtasida joylashgan Qo‘tirbuloq suvidan ilgari mahalliy aholi turli yaralarni davolashda foydalangan. Yaqinda uning inson organizmidagi qand miqdorini bir me’yorda ushlab turish xususiyatiga ega ekani ma’lum bo‘ldi. Shundan buyon bu yerning ta’rifini eshitganlar tog‘ qo‘ynidagi buloq suvidan dardiga darmon izlaydi. Uni iste’mol qilganlar bilan gurunglashsangiz, qandli diabet asoratlari chekinganini suyunib so‘zlashadi.

– Bir necha yil avval tez-tez chanqab, holsizlanadigan bo‘lib qoldim, – deydi Oltinsoy tumanida yashovchi Abdulatif Normamatov. – Ko‘nglim aynir, bo‘lar-bo‘lmasga asabiylashardim, oriqlab ketdim. Shifokorlar qandli diabet tashxisini qo‘ydi. O‘shanda Qo‘tirbuloq suvining bu dardga davoligini eshitib qoldim. Yozda kelib, bir necha kun buloq suvidan to‘yib ichgach, chanqog‘im ancha pasaydi. O‘zimni tetik his eta boshladim. Tog‘dan qaytib, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan edim, shifokorlar salomatligim yaxshiligini aytdi.

Bu yil Surxondaryoga ko‘klam erta kelmoqda. Hademay kuzda tinib qolgan sirli buloq yana ko‘z ochadi. Oltinsoyga yo‘lingiz tushib, tog‘ qo‘ynida sayr etmoqni yoki So‘fi Ollayor qadamjosini ziyorat qilmoqni ixtiyor etsangiz, Qo‘tirbuloq suvini totib ko‘ring.

Manba: O‘zA

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qandli diabet davosi