Onadan bolaga virus homiladorlik vaqtida oʻtishi mumkin. Bundan tashqari, bolani parvarishlash vaqtida, koʻkrak suti bilan emizish chogʻida ham oʻtadi. Koʻpincha tugʻruq vaqtida bolaga virus oʻtishi mumkin. Agar homilador ayol qonida virus miqdori koʻp boʻlsa, homilaga kasallik oʻtish xavfi ortadi.
Gepatit С kasalligini homiladorlik vaqtida davolash shartmi?!
Gepatit С kasalligini davolashda ishlatiladigan dorilar homilaga salbiy taʼsir etishini eʼtiborga olgan holda homiladorlik vaqtida gepatit С kasalligini davolash tavsiya etilmaydi. Ayrim hollarda homiladorlik ogʻir kechganda, qon biokimyoviy koʻrsatkichlari oʻzgarganda homiladorlik vaqtida kasallik davolanadi.
Gepatit bilan kasallangan homilador ayollar bolasini jarrohlik amaliyoti usuli bilan tugʻishi shartmi?! Ularqaysi tugʻruqxonada yotishlari lozim?
Koʻpchilik olimlarning fikriga koʻra, homilaga kasallik yuqishi homilaning qaysi holatda dunyoga kelishi bilan bogʻliqdir. Agar homilador ayollar qonida virus miqdori koʻp boʻlsa, homiladorlik ogʻir kechsa, yaxshisi kesarcha kesish usuli orqali bolasini dunyoga keltirish tavsiya etiladi. Chunki ularda kesarcha kesish operatsiyasi oʻtkazilishi bolaga kasallik yuqish xavfini kamaytiradi. Odatda gepatit S kasalligi bilan kasallangan homilador ayollar yuqumli kasalliklar shifoxonasida tugʻruq kompleksi mavjud boʻlsa, shu yerga qabul qilinadi. Bunday boʻlimlar mavjud boʻlmasa, tugʻruqxonada alohida xonaga yotqiziladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi