Ko‘pchilik insonlar xotirasi yaxshi emasligidan aziyat chekadi. Ular odatda rejalashtirgan narsalarini unutishga moyil bo‘ladilar. Bu esa shaxsiy ish faoliyati, ta’lim sohasi va boshqa sohalarda o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Xotiraning zaiflashuviga quyida 6 sababni keltirib o‘tamiz.
1. Kam uxlash.
Yetarlicha uxlamaslik, ehtimol unutish uchun eng katta sababdir. Biroz mizg‘ib olish kayfiyatning o‘zgarishiga va bezovtalikka olib keladi, bu esa o‘z navbatida xotira bilan bog‘liq muammolarga duchor qiladi.
2. Dori-darmon qabul qilish.
Tinchlantiruvchi, anti-stress, qon bosimini tushiruvchi dorilar xotiraga ta’sir ko‘rsatadi, odatda, tinchlantiradi yoki chalkashliklarni yuzaga keltirib chiqaradi. Bu esa biror bir yangi narsaga diqqatingizni qaratishingizga to‘sqinlik qiladi.
3. Faoliyatsiz tiroid.
Qalqonsimon qaltiroq xotiraga ta’sir qilishi mumkin. Shuningdek, bu uyqusizlik va depressiyani keltirib chiqaradi. Bular esa o‘z navbatida xotiraning pasayishiga olib keladi.
4. Alkogol ichimliklar.
Alkogol ichimliklar qisqa muddatli xotirani zaiflashuviga sabab bo‘ladi. Olimlarning fikricha, erkaklar kuniga bir stakandan oshiq alkogol ichimligini iste’mol qilmasligi kerak.
5. Stressga tushish va haddan ziyod xavotirlanish.
Biror yangi ma’lumot yoki ko‘nikmaga diqqat qaratishni qulflab qo‘yadi. Qachonki siz haddan ziyod xavotirga tushsangiz yoki stress holatda yursangiz, sizning miya to‘qimalaringiz yangi ma’lumot qabul qila olmaydi.
6. Depressiya.
Depressiyaning odatiy alomatlari orasida kuchli qayg‘u va kundalik hayotingizda zavq oladigan narsalardan zavqlanish hissining kamayib borishi yotadi. Unutish - ruhiy tushkunlik alomati yoki uning oqibati bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi