Sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish bo‘yicha Britaniya mutaxassislari olma sirkasini muntazam iste’mol qilish infarkt va insult kabi og‘ir kasalliklarga chalinish xavfini sezilarli ravishda pasaytirishini aniqlashdi.
Birmingemdagi Aston universiteti olimlari 30 ml olma sirkasini bir stakan (200 ml) suvda aralashtirib, ovqatlanishdan oldin muntazam ichib borishni tavsiya etishmoqda. Bu yo‘l bilan qondagi xolesterin miqdori 13% ga kamayadi. Bu ko‘rsatgich insonda yurak-qon tomirlari kasalliklari kelib chiqishi ehtimoli bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.
Olma sirkasi nafaqat insult va infarkt kelib chiqishining oldini oladi, u shuningdek, butun inson organizmida ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi: bu tabiiy mahsulot inson vazni kamayishiga – kishining ozishiga sabab bo‘ladi, artritdan paydo bo‘lgan og‘riqni yengillashtiradi va hatto terini turli xil dog‘lardan tozalaydi.
Lekin badanida mavjud bo‘lgan yuqori miqdordagi xolesteringa qarshi dori-darmon iste’mol qilib yurgan kishilarga sirkaning foydasiga ishonib, tabletkalar iste’mol qilishni to‘xtatish tavsiya etilmaydi. Bu dori emas, kasalliklar oldini olishda qo‘shimcha tabiiy vositadir, deb ta’kidlaydi mutaxassislar. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi