O‘zbekiston Ukraina dorilarining importini bloklab qo‘ydi, deb xabar bermoqda «Apteka» Ukraina tibbiyot va mikrobiologiya sanoati ish beruvchilar tashkilotlari birlashmasiga (TMSITB) asoslanib.
Birlashmadan xabar qilishlaricha, so‘nggi bir necha hafta davomida farmatsevtika mahsulotlari bojxonada turibdi, biroq O‘zbekiston bojxona xizmati nima uchun u bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilmayotgani haqida tushuntirish berayotgani yo‘q.
Shu munosabat bilan TMSITB ushbu vaziyatga aralashishi va masalaga yechim topish maqsadida amaliy yig‘ilish o‘tkazishi uchun mamlakat bosh vaziri birinchi o‘rinbosari - Ukraina iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri Stepan Kubivga murojaat qildi.
Birlashmadan taxmin qilishlaricha, bojxona rasmiylashtiruvi jarayoni to‘xtatilishi O‘zbekiston hukumatining Ukrainada O‘zbekistondan yengil avtomobillar importiga nisbatan surishtiruv boshlanganiga javobidir. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi