date

Shakarsiz qahva hayotni uzaytiradi: olimlardan yangi xulosa

Shakarsiz qahva hayotni uzaytiradi: olimlardan yangi xulosa
Qahva yoqtiruvchilar uchun yangi va quvonchli yangilik — shakarsiz va yog‘siz qora qahva iste’moli inson hayotini uzaytirishda yordam berar ekan. AQSHlik olimlar olib borgan keng ko‘lamli tadqiqot natijalari shundan dalolat bermoqda.

46 mingdan ziyod ishtirokchi qamrab olingan mazkur tadqiqot davomida aniqlanishicha, har kuni 1–2 finjon qora qahva iste’mol qilganlar orasida har qanday sababdan kelib chiqadigan o‘lim xavfi 14 foizga kamaygan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, agar qahvaga juda oz miqdorda — yarim choy qoshig‘idan kam shakar va 1 osh qoshig‘icha qaymoq qo‘shilsa ham, uning foydali ta’siri saqlanib qoladi. Biroq ortiqcha shirinlik yoki yog‘ miqdori organizm uchun foydani yo‘qqa chiqarishi mumkin.

Ayniqsa, kofeinsiz qahva iste’mol qilganlar orasida mazkur ijobiy ta’sir kuzatilmagani e’tiborga molik. Bu esa aynan kofeinning inson salomatligi uchun muhim rol o‘ynashi mumkinligini ko‘rsatadi.

Tibbiyot mutaxassislari insonlarga qahva iste’molida me’yorni saqlashni, unga sun’iy shirinliklar va yuqori yog‘li qo‘shimchalar qo‘shmaslikni tavsiya etmoqda. Bu nafaqat organizm uchun yengil, balki yurak-qon tomir tizimi, modda almashinuvi va immunitet uchun ham manfaatlidir.

Har kunlik oddiy odat — sog‘lom turmush tarzi sari muhim qadam bo‘lishi mumkin. Shakarsiz qahva — hayot sifati va uzoq umr kafolati bo‘la oladi!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Shakarsiz qahva hayotni uzaytiradi: olimlardan yangi xulosa