10:10 / 19.03.2020
5 016
---

Endi hamma virusga chalinganlar tez orada tuzalib ketishi mumkinmi?

Endi hamma virusga chalinganlar tez orada tuzalib ketishi mumkinmi?
Butun dunyoda olimlar koronavirusga davo choralari qidirishayotgan bir paytda Avstraliyalik olimlar inson immun tizimi Covid-19 virusiga qarshi qanday kurashishini aniqlashdi.
Seshanba kuni Nature Medicine jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalariga ko‘ra, bemorlar yangi virusdan grippdan davolangandek tuzalmoqda.
Bemorlarda qaysi immun hujayralari paydo bo‘lishini aniqlash orqali virusga qarshi vaksina ishlab chiqishda foydalanish mumkin deydi mutaxassislar.

Dunyo miqyosida koronavirusning 160 mingdan ortiq holatini va 6500 ga yaqin odamlarning hayotdan ko‘z yumishi tasdiqlandi.
"Bu [kashfiyot] juda ahamiyatlidir, chunki immunitetimiz yangi virus bilan qanday kurashayotganini birinchi marta anglayapmiz", dedi tadqiqodchilardan biri professor Katerin Kedziyerska.
Melburndagi Piter Doherti nomli infeksiya va immunitet instituti tadqiqotlarida aniqlangan natijalar ham maqtovga sazovor.

Nima aniqlandi?
Ko‘pchilik bemorlar Covid-19 dan tuzalishdi, ya’ni immun tizimi virus bilan muvaffaqiyatli kurashishi mumkinligi allaqachon ma’lum edi.
Ammo Covid-19 bilan kurasha oladigan to‘rt turdagi immun hujayralari birinchi marta aniqlandi.
Ular virusning yengil-mo‘’tadil holati bo‘lgan bemorni kuzatish orqali aniqlangan va bemorda koronavirusni yengish paytida sog‘ligi bilan boshqa muammolar yo‘q edi.

Xitoyning Uxan shahridagi 47 yoshli ayol Avstraliyadagi kasalxonaga yotqizilgan. U 14 kun ichida tuzaldi.
Ayol tuzala boshlashidan uch kun oldin uning qonida o‘ziga xos hujayralar paydo bo‘ldi. Grippga chalingan bemorlarda ham xuddi shu hujayralar paydo bo‘ladi, deydi professor Kedziyerska.

Bu qanday yordam beradi?
Immun tizimi hujayralari reaksiyasini aniqlash virusning rivojlanishini va undan tuzalish choralarini aniqlashga yordam beradi, deydi Svinburn Texnologiya Universiteti sog‘liqni saqlash fanlari doktori, professor Bryus Tomson.

Covid-19 immunitet
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)