Saudiya Arabistoni ulamolari kengashi raisi va Ilmiy tadqiqotlar boshqarmasi boshlig‘i muftiy Abdulaziz ash-Shayx koronavirus bilan bog‘liq vaziyatdan keyin bu yilgi hayit namozini uyda o‘qishga ruxsat berish to‘g‘risida fatvo chiqardi. Bu haqda Toshkent Islom instituti sayti xabar berdi.
Fatvoga ko‘ra hayit namozi xutbasiz ado qilinadi. Namoz ikki rakat bo‘lib, unda oltita takbir bor. Shuningdek, u fitr sadaqa va zakotni munosib bo‘lgan odamlarga taqsimlab berish va hayit doimgidek xursandchilik bilan nishonlashi kerakligini qo‘shimcha qildi.
Ulamolar kengashining a’zosi shayx Abdul Salom Abdulloh Sulaymon hayit namozini yolg‘iz o‘qimay, oila a’zolari bo‘lsa, ularning hamrohligida ado qilishlari mumkinligini fatvoda bildirib o‘tdi.
Shuningdek, olimlar hayit namozining vaqti quyosh chiqqandan so‘ng 15-30 minut o‘tishi kerakligini aytadilar. Hayit namozining vaqti peshin namozidan oldin tugaydi.
Barcha mazhablarga ko‘ra, quyosh chiqayotgan vaqtda hayit namozini o‘qish mumkin emas. Shunday qilib, quyosh chiqqandan 15-30 minut keyin namoz o‘qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin