date

Xiaomi smartfonlari AirDrop orqali fayl almashish imkoniyatiga ega boʻldi

Xiaomi smartfonlari AirDrop orqali fayl almashish imkoniyatiga ega boʻldi

Xiaomi kompaniyasi Samsung qurilmalaridan soʻng oʻz smartfonlarida iPhone bilan Quick Share va AirDrop orqali fayl almashish funksiyasini joriy qildi. Bu yangilik haqida kompaniya oʻzining X ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy sahifasida maʼlum qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Endilikda HyperOS 3 boshqaruvi ostida ishlovchi Xiaomi smartfonlari foydalanuvchilari Android tizimining standart tezkor uzatish vositasi yordamida Apple qurilmalariga maʼlumotlarni yuborishlari mumkin boʻladi. Bu platformalararo toʻsiqlarni bartaraf etishda muhim qadam hisoblanadi.

Hozircha ushbu funksiya faqat Xiaomi 17T Pro modelida eʼlon qilingan boʻlsa-da, kompaniya yaqin haftalar ichida brendning boshqa modellari, birinchi navbatda flagmanlar ushbu imkoniyatga ega boʻlishini taʼkidlamoqda. Xiaomi brendining yangi chiqariladigan qurilmalari esa AirDrop qoʻllab-quvvatlash funksiyasi bilan bevosita sotuvga chiqadi.

Avvalroq shunga oʻxshash funksiya Google Pixel apparatlari, Samsung Galaxy flagmanlari (masalan, Galaxy S26 liniyasi), shuningdek, Oppo Find X9 Ultra va Vivo X300 Ultra modellarida ham paydo boʻlgan edi. Bu texnologiya turli ekotizimlar oʻrtasidagi fayl almashish jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Xiaomi smartfonlari AirDrop orqali fayl almashish imkoniyatiga ega boʻldi