date

Yer aylanishi xavfli darajada sekinlashmoqda: olimlar ogohlantirdi

Yer aylanishi xavfli darajada sekinlashmoqda: olimlar ogohlantirdi

Iqlim o‘zgarishi tufayli qutb muzliklarining eriishi Yerning o‘z o‘qi atrofidagi aylanishini sekinlashtirmoqda. Olimlar ma’lum qilishicha, bu jarayon sutka davomiyligini har asrda 1,33 millisoniyaga uzaytirmoqda va so‘nggi 3,6 million yil ichida kuzatilmagan darajaga yetgan.

Vena universiteti va Syurix texnologiya instituti tadqiqotchilariga ko‘ra, Yer aylanish energiyasidagi o‘zgarish kuchi magnitudasi 9 ball bo‘lgan zilzila ta’siriga teng. Mutaxassislar bu holat inson faoliyatining sayyora tizimiga ta’siri tobora kuchayib borayotganini ko‘rsatishini ta’kidlamoqda.

Prognozlarga ko‘ra, asr oxiriga kelib iqlim o‘zgarishi sutkaning uzayishiga ta’sir qiluvchi asosiy omilga aylanadi va hatto Oyning gravitatsion ta’siridan ham ustun kelishi mumkin. Bu esa GPS kabi yuqori aniqlikda ishlaydigan tizimlar uchun muayyan xavflarni keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emas.

Avvalgi tadqiqotlar muzliklar eriishi Yer shaklini ham o‘zgartirayotganini ko‘rsatgan. Olimlar fikricha, mazkur jarayonlar kelgusida sayyora dinamikasiga yanada sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Yer aylanishi xavfli darajada sekinlashmoqda: olimlar ogohlantirdi