Farg'onada "Ummon" ning konsertida kutilmagan holat yuz berdi

Farg‘onada “Ummon” guruhining konserti muxlislarning katta qiziqishi sabab yana bir kunga uzaytirildi. Dastlab Ekoshahar amfiteatrida bir kun o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbir tomoshabinlar oqimi ortidan davom ettiriladigan bo‘ldi.
Konsert davomida “Ummon” jamoasi o‘zining mashhur taronalarini ijro etdi. Maydonga yig‘ilgan minglab muxlislar qo‘shiqlarga jo‘r bo‘lib, kechaga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.

Guruhning yillar davomida sevib tinglangan qo‘shiqlari bugun ham muxlislar qalbidan joy olib kelmoqda. Ayniqsa, yoshlik xotiralarini eslatuvchi taronalar konsertga kelganlarga katta taassurot qoldirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing