Zaporojsk avtomobil zavodi mahsulotlari safini kengaytirish payida.
Bir muddat avval Xitoyda Chery markasining yangi krossoveri sotila boshlangandi (rasmdagi). Tiggo 3X ixcham krossoveri yosh xaridorlarga mo‘ljallab, bejirim va arzon ishlangan. Komplektasiyasiga qarab 63900 yuandan 79900 yuangacha narxda sotiladi. Uzunligi 4200, kengligi 1760, bo‘yi 1570, g‘ildiraklar bazasi 2555 mm. 1,5 litrli motori 106 ot kuchiga egadir.
“Avtosentr” nashri UkrAVTO korporasiyasi vakillariga asoslanib xabar berishicha, yuqoridagi krossoverni ukrain avtomobilsozlari ham ishlab chiqarish imkonlarini chamalamoqda.
Ammo ukrainlar yurtida yangi krossover ishlab chiqarilishi hali gumon. UkrAVTO bildirishicha, qachonki yiliga 30 ming krossover ishlab chiqarilsa loyiha o‘zini oqlashi mumkin. “Ukravtoprom” avtomobilsozlar uyushmasi ma’lumotiga ko‘ra 2016 yilning 9 oyi mobaynida ukrain avtobozori hajmi 50 ming avtomobildan sal oshdi xolos.
Bordiyu, Tiggo 3X o‘zi “ZAZ” emblemasini taqishni istaganda ham bu osonlikcha amalga oshmaydi. Chunki oktyabr oyida “ZAZ”ning bozorga chiqargan mashinalari soni yuzga ham etmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi