Prezidentning «Toshkent shahrida transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va yo‘l harakatini raqamli boshqarish tizimini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.
Unga ko‘ra, «Toshkent shahri ko‘chalari va chorrahalarida yo‘l harakatini raqamli boshqarish va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini joriy etish» loyihasi (Raqamli yo‘l loyihasi) amalga oshirilishi kutilmoqda.
Loyiha doirasida:
- raqamli texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni keng qo‘llagan holda tirbandlik yuqori bo‘lgan chorrahalar va avtomobil yo‘llarida transport oqimini samarali boshqarish va taqsimlash imkonini beruvchi markazlashgan raqamli boshqarish tizimini (keyingi o‘rinlarda – aqlli svetoforlar tizimi) joriy etish;
- har qanday qoidabuzarlik uchun jazo muqarrarligini ta’minlovchi avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari tizimini (keyingi o‘rinlarda – intellektual foto va videokamera majmualari tizimi) joriy etish;
- avtomobil yo‘llari infratuzilmasini takomillashtirish, avtomobillarning yo‘l bo‘yida betartib to‘xtab turishini tartibga solish va aholining jamoat transportidan foydalanishini rag‘batlantirish maqsadida avtomobil yo‘llari bo‘ylab to‘lov avtomatlari o‘rnatilgan va avtomototransport vositalari joylashtirilganligi uchun haq to‘lash bo‘yicha axborot tizimlariga ega bo‘lgan yagona yo‘l bo‘yi pullik avtomobil to‘xtash joylari tizimini (keyingi o‘rinlarda – yo‘l bo‘yi pullik avtomobil to‘xtash joylari tizimi) tashkil etish;
- Toshkent shahriga kiruvchi asosiy avtomobil yo‘llari bo‘ylab avtotransport vositalari og‘irligi va gabariti nazorati bo‘yicha avtomobil yo‘llari sifatini saqlashga xizmat qiluvchi statsionar shoxobchalar tizimini (keyingi o‘rinlarda – avtotransport vositalari og‘irligi va gabariti nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar tizimi) yaratish;
- aqlli svetoforlar, intellektual foto va videokamera majmualari, avtotransport vositalari og‘irligi va gabariti nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar hamda yo‘l bo‘yi pullik avtomobil to‘xtash joylari tizimlarini markazlashgan tarzda intellektual boshqarish, monitoring-tahlil ishlarini olib borish va yo‘l harakati tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti tarkibida «Toshkent shahrida transport tizimini tashkil etish va boshqarishning yagona markazi» tashkil etish va Markazni Toshkent shahar hokimligining Raqamli Toshkent vaziyatlar markazi binosida joylashtirish belgilangan.
Raqamli yo‘l loyihasi davlat-xususiy sheriklik asosida quyidagi shartlarda amalga oshiriladi:
- davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim 30 yil muddatga tuziladi. Bunda davlat sherigi Toshkent shahar hokimligi etib belgilanadi, xususiy sherik davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga asosan tanlov o‘tkazish asosida aniqlanadi;
- davlat-xususiy sheriklik obyektlari davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan avval bekor qilinganda munitsipal mulk sifatida davlat sherigiga o‘tkaziladi.
Intellektual foto va videokamera majmualari tizimi yordamida qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun undirilgan jarima summasi quyidagicha tartibda yo‘naltiriladi:
- 40 foiz – yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga va avtomatlashtirilgan tizimni saqlab turish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga maqsadli yo‘naltirilgan holda mahalliy budjetga;
- 10 foiz – davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlashga yo‘naltirilgan holda Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga;
- 50 foiz – xususiy sherikning hisobvarag‘iga.
Yo‘l bo‘yi pullik avtomobil to‘xtash joylari tizimidan foydalanishdan tushadigan mablag‘lar quyidagicha tartibda yo‘naltiriladi:
- 30 foiz – yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga maqsadli yo‘naltirilgan holda mahalliy budjetga;
- 70 foiz – xususiy sherikning hisobvarag‘iga.
Bunda, yo‘l bo‘yi pullik avtomobil to‘xtash joylaridan foydalanish bo‘yicha undiriladigan to‘lovlar miqdori Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 28 oktabrdagi «Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 239-son qarori talablari asosida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda belgilanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
Prezident yangi saylangan senatorlarning faol bo‘lishiga ishonch bildirdi