O‘zbekistonda tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish yo‘lida yana bir muhim qadam tashlandi. Endi faqat retsept asosida beriladigan dori vositalari faqat elektron retsept orqali tayinlanishi tartibi joriy etildi. Bu haqda tasdiqlangan maxsus nizomda qayd etilgan.
Yangi tartibga ko‘ra, elektron retsept asosida beriladigan dorilar albatta O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi shart. Davolovchi shifokor bemor haqidagi zarur ma’lumotlarni tibbiy muassasada qo‘llanilayotgan axborot tizimiga kiritadi. Keyin bu ma’lumotlar avtomatik tarzda “Elektron tibbiy karta” moduliga uzatiladi.
Shundan so‘ng shifokor bemorga elektron retsept tuzish orqali dori tayinlaydi. Retsept elektron tarzda tasdiqlanib, unga avtomatik ravishda QR-kod qo‘yiladi. Bu jarayonda barcha zarur ma’lumotlar “Elektron retsept” modulida saqlanadi.
Shuningdek, shifokorlar tayinlangan dorilarning realizatsiya jarayonini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ya’ni qaysi dori vositalari bemorga berilgani va ularning aylanmasi to‘liq nazoratda bo‘ladi.
Eng muhimi, elektron retseptga oid barcha ma’lumotlar bemorning shaxsiy elektron tibbiy kartasiga yozib boriladi. Bu esa shifokorlarga bemorning davolanish jarayoni va oldingi davrlarda qabul qilingan dorilar haqida to‘liq ma’lumot olish imkonini yaratadi.
Endi shifokorlar retseptlarni faqat elektron shaklda yozadilar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar