Endi yurtimizda ham avtomashina raqamlarini shaxsiy ism yoki so‘z shaklida rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi. Bu boradagi imkoniyat Hukumatning 562-son qarorida belgilab qo‘yildi.
Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab «Uzavtomotobelgi» davlat unitar korxonasiga aholining xohish va talabidan kelib chiqib, avtomototransport vositalari uchun oltigacha harf va (yoki) raqamlar kombinatsiyasidan iborat «noyob» davlat raqami belgilarini auksion asosida taqdim etish huquqi berildi.
Shu tariqa, endilikda «noyob» raqamlar ochiq elektron kim oshdi savdolari orqali sotuvga chiqariladi. Biroq ular amaldagi raqamlar bilan takrorlanmasligi, qonun hujjatlariga zid yoki jamiyat axloqiy me’yorlariga xilof ma’no kasb etmasligi shart qilib belgilandi.
Ya’ni, bundan keyin ko‘chalarda «ELYOR», «ELBEK», «AZIZA», «ODIL» yoki «BUXORO» deb yozilgan shaxsiylashtirilgan raqamli avtomashinalarni uchratish mumkin bo‘ladi.
Mazkur qaror mamlakatda raqam belgilarini yanada erkinlashtirish, aholining shaxsiylashtirish ehtiyojini qondirish va davlat xizmatlarini zamonaviy mexanizmlar asosida yo‘lga qo‘yishga xizmat qilishi kutilayapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar