Endi O‘zbekistonda ism yozilgan raqamli avtomobillar paydo bo‘ladi

O'zbekistonda avtomobil raqamlariga ism yoki maxsus yozuv kiritish imkoniyati yaratiladi. 2026 yil 1 yanvardan boshlab “Uzavtomotobelgi” davlat unitar korxonasi bunday noyob raqamlarni tayyorlaydi va ular ochiq kim oshdi elektron savdolari orqali taqdim etiladi. Bir raqamda oltitagacha harf va (yoki) raqamlar kombinatsiyasidan foydalanish mumkin. Noyob raqamlar amaldagi raqamlarni takrorlamasligi hamda qonunchilik va axloqiy normalarga zid ma'no kasb etmasligi kerak.
O‘zbekistonda avtomashina raqamlariga shaxsiy ism yozib chiqarish imkoniyati yaratiladi. Bu mamlakatimizda avtomobil sohasidagi yangi va noyob xizmat sifatida baholanmoqda. Hukumatning 562-sonli qaroriga asosan, endilikda istalgan shaxs o‘z xohishiga ko‘ra avtomobil raqamida ism yoki maxsus yozuv aks ettirishi mumkin bo‘ladi.
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab "Uzavtomotobelgi" davlat unitar korxonasiga maxsus vakolat beriladi. Ushbu korxona aholi talab va istaklaridan kelib chiqqan holda avtomototransport vositalari uchun noyob raqamlarni tayyorlaydi. Bu raqamlar ochiq kim oshdi elektron savdolar orqali taqdim etiladi.
Yangi tartibga muvofiq, bir davlat raqamida oltitagacha harf va (yoki) raqamlar kombinatsiyasidan foydalanish mumkin. Bu esa har bir shaxsga o‘z mashina raqamini o‘zicha maxsus va shaxsiy ko‘rinishda bezatish imkonini beradi. Masalan, "ELYOR", "AZIZA", "ODIL" yoki hatto shahar nomi – "BUXORO" kabi yozuvlar bilan mashinalar ko‘rinishi mumkin.
Shu bilan birga, qator talab va cheklovlar ham belgilangan. Noyob raqamlar amaldagi raqamlarni takrorlamasligi va qonunchilik hamda axloqiy normalarga zid ma’no kasb etmasligi shart. Buning orqali tizimda tartib va shaffoflik ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.































Izohlar 0
…