date

UzAuto Motors yashirayotgan sir oshkor bo'ldi

UzAuto Motors yashirayotgan sir oshkor bo'ldi

UzAuto Motors 25-avgust kuni yangi Chevrolet Tahoe 2025 modelini taqdim qilishi mumkin, deb Kursiv xabar berdi.

Kompaniya hali rasman nomini oshkor qilmagan bo‘lsa-da, teaserda ko‘rsatilgan ko‘rinish avtomobil aynan Tahoe ekanini ko‘rsatmoqda. Chevrolet.uz sayt kodi orqali ham teaserda “Tahoe2” nomi qayd etilgani aniqlangan.

AQSh bozorida Tahoe 5,3 litrli V8 (355 ot kuchi), 6,2 litrli V8 (420 ot kuchi) va 3,0 litrli dizel Duramax dvigatellari bilan sotilmoqda. Barcha variantlari 10-pog‘onali avtomat uzatma bilan jihozlangan bo‘lib, xaridor tanloviga ko‘ra orqa yoki to‘liq yuritmada taklif etiladi.

Komplektatsiyasiga qarab, Tahoe 10,2 dyuymli multimedia ekrani, raqamli asboblar paneli, Bose audio tizimi va boshqa imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi qatordagi o‘rindiqlar yig‘ilganda, yukxona hajmi 3,4 ming litrdan oshadi.

AQSh bozorida Tahoe narxi $59 mingdan boshlanadi. Yangi modelning O‘zbekistonda taqdim etilishi premium SUV bozorida katta qiziqish uyg‘otishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » UzAuto Motors yashirayotgan sir oshkor bo'ldi