Andijon to‘qimachilik sanoati uchun muhim qadam qo‘yildi. AQSHning yirik logistika markazlaridan biri sanalgan Sent-Luis shahrida Andijon to‘qimachilik mahsulotlari savdo uyi ishga tushirildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, savdo uyi nafaqat do‘kon, balki shourum vazifasini ham bajaradi. Unda Andijon viloyatida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy tayyor kiyim-kechak va turli to‘qimachilik mahsulotlari namoyish etiladi. Shu bilan birga, mahalliy va xalqaro xaridorlar uchun doimiy savdo maydoni sifatida xizmat qiladi.
Sent-Luis shahri AQSHning eng yirik transport va logistika markazlaridan biri hisoblanadi. Shu tufayli ushbu savdo uyi orqali o‘zbek ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarini mamlakatning turli shtatlariga keng tarqatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ta’kidlanishicha, yangi maydoncha Andijon to‘qimachilik sanoati uchun eksport salohiyatini oshirish, xalqaro bozorlarga kirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun keng imkoniyat yaratishda katta ahamiyat kasb etadi.
Ochilgan tadbirda Andijon viloyati hokimi Sho‘hratbek Abdurahmonov, “ITF Group LLC” ijrochi direktori Saidazim Burhonxo‘jayev, mahalliy biznes vakillari hamda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati tadbirkorlari ishtirok etdilar.
AQSHda Andijon to‘qimachilik mahsulotlari savdo uyi ochildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar