date

60 avtosalon tekshirildi: xaridorlar shikoyati


Raqobatni rivojlantirish qo'mitasi xaridorlarning shikoyatlaridan so'ng O'zbekistondagi 60 dan ortiq avtosalonni tekshirdi. Yil boshidan buyon avtomobil xaridi bilan bog'liq 350 dan ortiq murojaat qabul qilingan.

Tekshiruvlar natijasida beshta avtosalonda servis markazlari yo'qligi, 39 ta avtosalonda esa avtomobilni boshqarish bo'yicha qo'llanmalar o'zbek tilida mavjud emasligi aniqlangan. Bundan tashqari, ayrim hollarda ehtiyot qismlar uchun kafolat muddati avtomobilning umumiy kafolat muddatidan qisqaroq bo'lgan.

Qo'mita ishlab chiqaruvchilarni kafolat muddati davomida avtomobillarga xizmat ko'rsatishni ta'minlashga majburlashini ma'lum qilib, qonunbuzarliklarni bartaraf etishni talab qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » 60 avtosalon tekshirildi: xaridorlar shikoyati