
Milan “Inter”ining markaziy himoyachisi Stefan de Vrey qishki transfer oynasida klubini o'zgartirish ehtimolini ko'rib chiqmoqda. 33 yoshli futbolchi joriy mavsumda maydonga kam tushayotgani sababli vaziyatdan to'liq qoniqmayapti.
Insayder Nikolo Skira xabariga ko'ra, niderlandiyalik himoyachi yanvar oyida ketish variantini jiddiy o'ylamoqda. De Vrey 2026 yilgi jahon chempionatida terma jamoasi safida ishtirok etishni maqsad qilgan va mundial arafasida muntazam o'yin amaliyotiga muhtoj.
Bu mavsum Stefan de Vrey “neradzurrilar” safida barcha turnirlarda 7 ta uchrashuvda qatnashdi. Futbolchining A Seriya grandi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.