
“Barselona” vingeri Lamin Yamal joriy mavsumda Yevropaning besh yetakchi ligasi futbolchilari orasida muvaffaqiyatli driblinglar bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etmoqda. Squawka ma’lumotiga ko‘ra, 18 yoshli futbolchi La Liga doirasida raqibini birga-bir vaziyatda 69 marta aldab o‘tgan.
Bu natija top-chempionatlarda eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Ikkinchi o‘rinda “Tottenhem” vakili Muhammad Qudus 48 ta dribling bilan bormoqda.
Kuchli uchlikni Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe 47 ta muvaffaqiyatli aldov bilan yakunlaydi. Besh talikka, shuningdek, “Manchester Siti” futbolchisi Jeremi Doku (45) hamda “RB Leyptsig”ning 19 yoshli vingeri Yan Diomande (42) ham kiritildi.
Lamin Yamal Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 13 uchrashuvda 6 ta gol urib, 8 ta golli pas uzatdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.