Rossiya bozorlarida O‘zbekistonning “Ravon” markasidagi barcha avtomobillar narxi oshdi. “Avtostat” agentligi tahlilchilari buning sababini aytib o‘tishdi. Bu haqda Xalq so‘zi nashri xabar tarqatdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu modellarning qimmatlashuvi birinchi navbatda utilizatsiya bo‘yicha to‘lov hajmining oshishi bilan bog‘liq. Gap shundaki, Rossiyada 1 apreldan boshlab ushbu mamlakatga transport vositalarini olib kirishdagi soliq stavkalari oshirildi. Oqibatda 1,0-2,0 hajmdagi quvvat agregatiga ega avtomobillar uchun boj qiymati 90 foiz ko‘tarilib ketdi.
Natijada endilikda Rossiyada turkumiga qarab “Ravon R2” modeli 489-559 ming rubl (8,2 ming-9,3 ming AQSh dollari), “Ravon Nexia” 499-599 ming rubl (8,3-10 ming dollar), “Ravon R4” – 529-659 ming rubl(8,8-11 ming dollar), “Ravon Gentra” 569-699 ming rubl (9,5-11,7 ming dollar) narxda sotilayapti.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning birinchi choragida Rossiyada O‘zbekistonning “Ravon” brendi ostidagi 4,1 mingta avtomobil xarid qilingan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 152 foiz ko‘pdir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi