7 032
Avtomobilga qayta ishonchnoma berish huquqi bilan ishonchnoma rasmiylashtirishga ruxsat berilmoqda
O‘zbekistonda qayta ishonchnoma berish huquqi bilan avtomobilni boshqarish uchun ishonch qog‘ozi berish huquqi rasmiylashtirishga ruxsat berilmoqda. Bu taqiq Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxslarga berishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 2001 yil 28 avgustdagi 354-son qaroriga ko‘ra shu paytgacha amal qilib kelayotgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi 2018 yil 24 oktyabrdagi 863-sonli qaroriga ko‘ra, 28.08.2001 yildagi 354-sonli qarori 4-bandi uchinchi xatboshisi chiqarib tashlandi.
Endi fuqarolar o‘zlari ishonch bergan insonlarga boshqa shaxsga xuddi shunday ishonch qog‘ozi rasmiylashtirish huquqiga ega bo‘lishdi. Berilayotgan vakolatlar hajmi kamroq bo‘lishi mumkin, lekin ortiq bo‘lmasligi, qayta ishonchnoma berishi huquqi asosiy (“dastlabki”) ishonchnomada aks etishi kerak. “Ikkinchi” ishonchnoma ham notarial tartibda tasdiqlanishi kerak.
O‘z vakolatlarini qayta ishonchnoma bilan topshirgan shaxs asosiy ishonchnomani bergan shaxsga yangi ishonch bildirilgan insonning ism familiyasi va yashash manzili haqida ma’lumot berishi shart. Xabardor qilish shunday amalga oshirilishi kerakki, xabardor qilinganlik fakti hujjat bilan o‘z tasdig‘ini topishi lozim. Agar bu ish qilinmasa, keyingi ishonchnomani qo‘lga kiritgan shaxsning xatti-harakatlari uchun oldingi ishonchnomani olgan shaxs javobgar bo‘ladi. Asosiy ishonch qog‘ozi qaytarib olinganda, muddati tugaganda yoki boshqa sabablar bilan tugatilganda keyingi berilgan ishonch qog‘ozi ham o‘z kuchini yo‘qotadi.
Bundan tashqari, endi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lmagan shaxslarga avtomototransport vositalarini ishonchnoma orqali berishni ham rasmiylashtirish mumkin. Bu ham 17 yil davomida taqiqlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi