Janubiy Koreyalik Hyundai Motor Company O‘zbekiston bozoriga chiqmoqchi. Bu rejalar haqida Hyundai Auto Kazakhstan direktori Denis Kolomatskiy ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Sputnik nashri.
Kompaniya yaqinda O‘zbekistonda yengil texnika distribyuteri bo‘ldi. Kompaniya O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchi emas, balki distribyutor bo‘lishi sababli dastlabki bosqichda Qozog‘istonda yig‘ilgan avtomobillar sotilmaydi, ammo bu borada muzokaralar davom etyapti.
Kolomatskiy “Kursiv” nashriga bergan intervyuda, O‘zbekistonda siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasida siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar boshlangani tufayli, u yerga eng yirik kompaniyalar kirib kelmoqda.
“Hyundai Motor Company ham ushbu yangi va istiqbolli bozorga kirish istagini bildirdi va Astana Motors’ga mintaqaviy distribyutor bo‘lishni taklif qildi. Biz ham ushbu mintaqada salohiyatni ko‘ryapmiz va Hyundai Motor Company taklifini mamnuniyat bilan qabul qildik”, - dedi Kolomatskiy.
O‘tgan yil kuzda O‘zbekistonda Hyundai avtomobili ishlab chiqarilishi haqida xabar paydo bo‘lgandi. Biroq kompaniya yuk mashinalari, avtobuslar ishlab chiqarilishi haqida ma’lum qilgandi.
Shu yil yozda qator OAVlar shu brenddagi yengil mashinalarni soddalashtirilgan bojxona sxemasi bo‘yicha sotilishi rejalashtirilganligi haqida xabar berishdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda