7 589
Shaxsiy avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish kiritish taklif qilindi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida shaxsiy yengil avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida petitsiya paydo bo‘ldi.
Ma’lumki, shaxsiy avtomashinalar, uning egasi doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joydagi ichki ishlar organlarining tegishli bo‘limlari (DYHXX) tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ammo bu holat ayrim noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda, deyiladi murojaatda.
Jumladan, ba’zi fuqarolar kasb taqozosi yoki ish faoliyati sabab, mamlakatning turli hududlarida oylab, ba’zan yillab vaqtinchalik bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda ushbu fuqarolar shaxsiy avtoulovlarini navbatdagi texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun doimiy yashash joyiga borib kelishi zarur. Bu o‘z navbatida, birinchidan, ortiqcha sarson bo‘lish, ikkinchidan, doimiy yashash joyiga borib kelishi uchun xizmat yoki ish faoliyatidan vaqtincha ajralishiga olib keladi. Andijon yoki Toshkentdan Nukus yoki Xorazmga borib avtoulovni texnik ko‘rikdan o‘tkazib kelish uchun kamida 3 kun vaqt ketadi.
“Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston fuqarolarining avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish, fuqaroning doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, yurtimizning barcha hududlarida amalga oshirishga ruxsat berilishini taklif qilaman”, - deb yozadi petitsiya muallifi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi