10:16 / 27.12.2019
8 915

«UzAuto Motors» yangi avtomobillar narxini e’lon qildi

«UzAuto Motors» yangi avtomobillar narxini e’lon qildi
«UzAuto Motors» kompaniyasi 25 dekabr kuni to‘rtta yangi avtomobil — Chevrolet Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinoxning taqdimotini o‘tkazgan edi. Ushbu yangi modellarning sotuvi bugun, 27 dekabrdan boshlanadi.

Trailblazer va Equinox avtomobillari uchun shartnoma tuzish «UzAuto Motors» dilerlik markazlarida bugundan boshlanadi. Tahoe va Traverse modellariga shartnomalarni faqat Nurafshon Autocentre (Toshkent viloyati) avtosalonidan olish mumkin.

Avtomobillar narxlari*:

EQUINOX
Boshlang‘ich narxi: 225 652 174 so‘mdan
Redline LT komplektatsiyasi: 303 478 261 so‘m

TRAILBLAZER
Boshlang‘ich narxi: 264 347 826 so‘mdan
LTZ komplektatsiyasi: 346 086 957 so‘m

TRAVERSE
Boshlang‘ich narxi: 404 173 913 so‘mdan
Premier komplektatsiyasi: 518 260 870 so‘m

TAHOE
Boshlang‘ich narxi: 517 391 304 so‘mdan
Premier komplektatsiyasi: 691 304 348 so‘m

*Narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «UzAuto Motors» yangi avtomobillar narxini e’lon qildi