Mercedes-Benz avtomobilsozlik kompaniyasi koronavirus pandemiyasi ortida ijtimoiy masofalashuvga amal qilish muhimligini ta’kidlash maqsadida o‘z logotipini vaqtincha o‘zgartirishga qaror qildi.
Kompaniya logotipining “karantin” variantida uch nurli yulduz uning atrofidagi aylana bilan tutashmagan. Ma’lumki, kompaniyaning an’anaviy logotipida yulduz aylana bilan tutashgan holda tasvirlagan. Yangi logotipda esa yulduz kichraytirilib, u bilan aylana o‘rtasida masofa hosil bo‘lgan.
Facebook/Mercedes-Benz
Kompaniya shu tariqa pandemiya vaqtida odamlar o‘zini koronavirusdan himoyalash va uni boshqalarga yuqtirmaslik uchun o‘zaro masofa saqlashlari lozimligini targ‘ib qilgan.
Avvalroq Audi va Volkswagen kompaniyalari ham yuqorida ta’kidlab o‘tilgan maqsadda logotiplarini o‘zgartirgandi. Ushbu kompaniyalar ham shu yo‘l bilan ijtimoiy masofalashuv muhimligini yana bir bor eslatib qo‘yishgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi